# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 227-15-modda. Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/227-15 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)