# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 227-2-modda. Falokat yuz bergan yoki yengib boʻlmas kuch taʼsir etgan holda chora koʻrmaslik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/227-2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Falokat yuz bergan yoki yengib boʻlmas kuch taʼsir etgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 224-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)