# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 227-20-modda. Tijorat maqsadlari uchun moʻljallanmagan tovarlar niqobi ostida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/227-20 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeks 227-25-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali aslida ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni tijorat maqsadlari uchun moʻljallanmagan tovarlar niqobi ostida olib oʻtish, — tovarlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, — tovarlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)