# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 227-22-modda. Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki notoʻgʻri deklaratsiyalash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/227-22 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki notoʻgʻri deklaratsiyalash, yaʼni tovarlar, ularning bojxona rejimi va boshqalar haqida bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan belgilangan yozma, ogʻzaki yoki boshqa shakldagi maʼlumotlarni bermaslik yoxud notoʻgʻri maʼlumotlar berish, ushbu Kodeksning 227-7, 227-10, 227-19, 227-20, 227-21-moddalarida va 227-25-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, — tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Notoʻgʻri maʼlumotlarni koʻrsatish, bu maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, ularni talab etilayotgan bojxona rejimiga joylashtirish, bojxona toʻlovlari miqdori toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga taʼsir etmagan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)