# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 227-27-modda. Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/227-27 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)