# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 227-5-modda. Transport vositasini toʻxtatmaslik yoki bojxona organining ruxsatisiz joʻnatib yuborish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/227-5 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan transport vositasini bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyda toʻxtatmaslik, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan transport vositasini toʻxtab turish joyidan bojxona organining ruxsatisiz joʻnatib yuborish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)