# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 227-9-modda. Bojxona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirish, yoʻq qilish, shikastlash yoki yoʻqotish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/227-9 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirish, yoʻq qilish, shikastlash yoki yoʻqotish, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan transport vositalarining yukxonasini, yuklangan tovarlarni qonunga xilof ravishda ochish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)