# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 23-modda. Maʼmuriy jazoning turlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/23 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun kuyidagi maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin: 1) maʼmuriy ogohlantirish; 2) jarima; 3) maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish; 4) maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish; 5) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; 6) haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish; 7) maʼmuriy qamoqqa olish; 8) chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish. Ushbu modda birinchi qismining 1, 3 — 8-bandlarida sanab oʻtilgan maʼmuriy jazo choralari faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)