MJK · 232-modda

232-modda. Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga ular mudofaa ishlari organlariga chaqirilayotganligi toʻgʻrisida xabar berishni taʼminlamaganlik

Rahbarlar yoki harbiy hisob ishlari uchun masʼul boʻlgan boshqa shaxslarning tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari talabi boʻyicha chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga ular mudofaa ishlari organlariga chaqirilayotganligi toʻgʻrisida xabar berishni tashkil etmaganliklari yoxud fuqarolarning chaqiruv uchastkalariga yoki yigʻin joylariga oʻz vaqtida borishlariga toʻsqinlik qilish —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.