# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 236-modda. Harbiy hisob hujjatlarini qasddan yaroqsizlantirish yoki ularni beparvolik tufayli yoʻqotish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/236 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Harbiy hisob hujjatlarini (harbiy biletni, muqobil xizmat xizmatchisining guvohnomasini hamda chaqiruv uchastkasida qayd etilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani) qasddan yaroqsizlantirish yoki beparvolik bilan saqlash ularning yoʻqolishiga olib kelsa — bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)