# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 237-modda. Harbiy yoki muqobil xizmatdan boʻyin tovlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/237 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinishdan yoki xizmatni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida oʻtashdan boʻyin tovlash — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)