# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 239-1-modda. Jamoat fondining xarajatlarni belgilangan eng yuqori miqdordan oshirib yuborishi va yillik hisobotni eʼlon qilmasligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/239-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jamoat fondining har yilgi maʼmuriy xarajatlarining jami summasini, shuningdek fondning vasiylik kengashi hamda taftish komissiyasi aʼzolariga haq toʻlash hamda ularning oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilishni qonunchilikda belgilangan miqdordan oshirib yuborishi — mansabdor shaxslarga xarajatlarning eng yuqori summasidan oshib ketgan miqdordagi pul mablagʻlarini musodara qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jamoat fondining mol-mulkdan foydalanganlik toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni eʼlon qilmasligi — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)