MJK · 239-2-modda

239-2-modda. Homiylik toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzish

Homiylik xayriyalarini yigʻish tartibini buzish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xayriya qutisini oʻrnatish va undan foydalanish tartibini buzish, —

fuqarolarga huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Homiylik tashkiloti tomonidan oʻz taʼminoti (shu jumladan faoliyati bilan bogʻliq barcha xarajatlari) uchun moliya yilida sarflaydigan moliyaviy mablagʻlarning qonunchilikda belgilangan miqdordan oshirib yuborilishi, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.