# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 24-modda. Asosiy va qoʻshimcha maʼmuriy jazo choralari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/24 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ashyolarni ularning haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish, musodara qilish va maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish ham asosiy, ham qoʻshimcha maʼmuriy jazo tariqasida, ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan boshqa maʼmuriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qoʻllanilishi mumkin. Bitta maʼmuriy huquqbuzarlik uchun yo asosiy yoki ham asosiy, ham qoʻshimcha jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)