# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 242-modda. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar) > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/242 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni: 1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa iqtisodiy sudlar va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar; 3) bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari; 4) ichki ishlar organlari (mansabdor shaxslari), davlat inspeksiyasi organlari (mansabdor shaxslari) va ushbu Kodeks bilan vakolat berilgan boshqa organlar (mansabdor shaxslar) koʻrib chiqadilar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)