# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 243-modda. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarning vakolatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/243 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar oʻzlariga taalluqli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni komissiya tarkibi aʼzolarining kamida yarmi mavjud boʻlganda koʻrib chiqishga, ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan maʼmuriy jazolarni oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida qoʻllashga hamda oddiy koʻpchilik ovoz bilan qarorlar qabul qilishga haqlidir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)