# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 244-modda. Mansabdor shaxslarning vakolatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/244 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ushbu Kodeksning 242-moddasi 4-bandida koʻrsatilgan organlar nomidan koʻrib chiquvchi mansabdor shaxslarning roʻyxati qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan mansabdor shaxslar ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan maʼmuriy jazo choralarini oʻz vakolatlari doirasida va faqat xizmat burchini bajarib turgan chogʻdagina qoʻllanishlari mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)