# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 245-2-modda. Adliya organlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/245-2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Adliya organlariga ushbu Kodeksning 215-5-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Adliya organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri va uning oʻrinbosarlari; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti boshligʻi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri va uning oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari. Ushbu Kodeksning 175-9, 197-8, 198-3, 198-4, 239, 239-1-moddalarida, 239-2-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, adliya organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)