# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 245-6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/245-6 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeksning 61-moddasida (budjet tashkilotlarining, budjet mablagʻlarini oluvchilarning, davlat maqsadli jamgʻarmalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mol-mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilishga oid qismida), 175-2, 175-7, 175-8 va 215-2-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)