# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 245-8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda uning devoni xodimlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/245-8 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga ushbu Kodeksning 43 (tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari qismida), 200-2 (tadbirkorlik subyektlarining huquqlari buzilishi qismida), 241-1 — 241-4, 241-6, 241-8, 241-10-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima tarzidagi maʼmuriy jazolarni qoʻllashga uning oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni bosh inspektorlari haqlidir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)