Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari voyaga yetmagan shaxslar sodir etgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi, bundan ushbu Kodeksning 194, 194-1, va 196-1-moddalarida nazarda tutilgan ishlar mustasno. Ushbu Kodeksning 61, 116-1, 116-2, 125, 125-1, 126, 127, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135-1, 136, 137, 138, 183, 185, 185-1, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar faqat oʻziga mazkur huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish kelib tushgan organ (mansabdor shaxs) uni bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarga koʻrib chiqish uchun topshirgan hollardagina ushbu komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar voyaga yetmaganlarning ota-onalariga yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarga taalluqli boʻlgan, ushbu Kodeks 47-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ham koʻrib chiqadi.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 245-11-moddaOʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlari
- 245-12-moddaOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari
- 245-13-moddaMaʼmuriy sudlar
- 248-moddaIchki ishlar organlari
- 248-1-moddaOʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari
- 248-2-moddaOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.