# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 251-modda. Havo transporti organlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/251 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi ushbu Kodeksning 116, 116-3, 117-moddalarida, 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqli boʻlgan havo transporti organidir. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori va uning oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi boshqarmalarining va boʻlimlarining boshliqlari havo transporti organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)