# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 255-modda. Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/255 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** UCHINCHI BOʻLIM MAʼMURIY HUQUQBUZARLIKLAR TOʻGʻRISIDAGI ISHLARNI KOʻRIB CHIQISHGA VAKOLATI BOʻLGAN ORGANLAR (MANSABDOR SHAXSLAR) **bob:** XVIII bob. MAʼMURIY HUQUQBUZARLIKLAR TOʻGʻRISIDAGI ISHLARNING TAALLUQLILIGI Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 49, 49-2, 49-3, 50, 51 va 229-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqlidir: mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikni va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat inspektorlari, mehnat boʻyicha davlat huquqiy inspektorlari; mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat inspektorlari, mehnat boʻyicha davlat texnik inspektorlari, mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari. Ushbu Kodeksning 201-2-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, mehnat boʻyicha davlat inspektorlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi hamda uni ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)