MJK · 259-modda

259-modda. Davlat veterinariya xizmati

Davlat veterinariya xizmatiga ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Quyidagilar davlat veterinariya xizmati nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari, davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori va uning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining davlat veterinariya inspektorlari, tumanlar va shaharlarning bosh davlat veterinariya inspektorlari, chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hamda veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining davlat veterinariya inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.