# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 268-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/268-2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga ushbu Kodeks 99-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari va bosh reja amalga oshirilishining davlat arxitektura nazorati boʻlinmasi boshligʻi haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)