Ushbu Kodeksning 64 va 198-5-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.