# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 269-2-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/269-2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan murojaat qilishga haqli. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat shaklida yuborilishi mumkin. Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlganda, shuningdek boshqa zarur hollarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)