# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 269-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish vazifalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/269 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish vazifalari: har bir ishning holatini oʻz vaqtida, har tomonlama, toʻla va obyektiv ravishda aniqlab chiqishdan, bu ishni qonunchilikka muvofiq holda hal etishdan, chiqarilgan qarorning ijrosini taʼminlashdan, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlashdan, huquqbuzarliklarning oldini olishdan, fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan, qonuniylikni mustahkamlashdan iboratdir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)