# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 275-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish chogʻida qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/275 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Prokuror maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish chogʻida qonunlarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirar ekan: maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga; ish materiallari bilan tanishib chiqishga; ish yuritish vaqtida organlar (mansabdor shaxslar)ning harakatlari qonuniyligini tekshirishga; ishni koʻrib chiqishda qatnashishga; ishni koʻrib chiqish vaqtida vujudga kelgan masalalar xususida iltimosini bayon etishga, xulosalar berishga; maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun tegishli organlar (mansabdor shaxslar) taʼsir koʻrsatish choralarini toʻgʻri qoʻllanganligini tekshirishga; maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qabul qilingan qarorga yoki shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest keltirishga; qonunda nazarda tutilgan boshqa harakatlar qilishga haqlidir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)