MJK · 28-modda

28-modda. Maxsus huquqdan mahrum qilish

Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qoʻllaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati oʻn besh kundan kam boʻlmasligi kerak, bundan ushbu Kodeksning 34-1-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qoʻllanilishi mumkin emas, ushbu Kodeks 131-moddasining birinchi qismida, 136-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollar bundan mustasno.

Asosiy tirikchilik manbai ovchilik boʻlgan shaxslarga nisbatan ov qilish huquqidan mahrum etish chorasi qoʻllanilishi mumkin emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.