# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 285-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni taʼminlash choralari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/285 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Boshqa taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllanib boʻlinganidan keyin maʼmuriy huquqbuzarlikni toʻxtatish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash, basharti bayonnoma tuzish zarur boʻlib, uni huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida tuzish imkoni boʻlmagan taqdirda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish, ishlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrib chiqilishini taʼminlash va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish maqsadida mazkur shaxsni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turishga, shaxsan koʻrikdan oʻtkazishga, uning ashyolari, transport vositalarini koʻzdan kechirishga va ashyo hamda hujjatlarni olib qoʻyishga yoʻl qoʻyiladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan maqsadlarda shaxsni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish, shaxsan koʻrikdan oʻtkazish, uning ashyolari, transport vositalarini koʻzdan kechirish va ashyo hamda hujjatlarini olib qoʻyish tartibi ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligi bilan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)