Maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish bu ishga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan vakolat berib qoʻyilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidangina amalga oshirilishi mumkin, chunonchi:
1) ushbu Kodeksning 47-4, 47-5, 51-2, 51-8, 51-9, 54, 56-moddalarida, 56-1-moddasida (jamoat transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini isteʼmol qilganlik uchun), 57, 58-moddalarida, 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 60-1, 61-moddalarida, 61-1-moddasining birinchi qismida, 63, 66, 70-1, 72, 79, 88, 90, 90-1, 91, 91-1, 91-2, 92, 94, 110, 111, 113, 114, 115, 116, 116-1, 116-2, 116-3, 117-moddalarida, 118-moddasining uchinchi qismida, 121, 123, 125, 125-1, 126, 127, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135-1, 136, 137, 138, 142-moddalarida, 144-moddasining uchinchi qismida, 146-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 154-moddasida, 164-moddasining toʻrtinchi qismida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176-3-moddasida, 176-4-moddasining ikkinchi qismida, 183, 184-2, 184-3, 184-4, 185, 185-1, 185-2, 185-3,186, 187, 188, 188-3, 188-4,- 189, 189-1, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 202-1, 203, 204, 205, 209, 209-1, 210-moddalarida, 210-1-moddasining birinchi qismida, 218, 220, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 225-1, 228, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan;
2) ushbu Kodeksning 184-2, 184-3, 196-1, 196-2, 224-moddalarida, 224-1-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 224-2-moddasida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 227-21-moddasi birinchi qismida, 227-23-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari tomonidan;
3) ushbu Kodeksning 61, 198-moddalarida, 210-1-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — shu qoʻriqlanadigan obyekt joylashgan yerdagi harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining katta mansabdor shaxsi tomonidan;
4) Qurolli Kuchlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining transport vositalarini boshqaruvchi haydovchilar yoki boshqa shaxslar ushbu Kodeksning 125, 125-1, 126, 127, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135-1, 136, 137, 138 -moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda — harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan;
5) ushbu Kodeksning 60-moddasida, 69-moddasida (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar bundan mustasno), 70-moddasining birinchi qismida, 70-1, 77, 79, 81, 82, 83, 84, 90, 90-1, 91, 91-1, 92, 93, 94, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
6) ushbu Kodeksning 90-1, 184-2, 184-3, 185-1, 189, 189-1, 198, 227, 227-1 — 227-27-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — bojxona organlari xodimlari tomonidan;
7) ushbu Kodeksning 194, 204, 205-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — harbiy patrul tomonidan;
8) ushbu Kodeksning 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida (radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud oʻzgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi), 164-moddasining toʻrtinchi qismida, 165-1-moddasida, 166-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176-3-moddasida, 176-4-moddasining ikkinchi qismida, 186-1, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda davlat soliq organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalarining mansabdor shaxslari tomonidan;
9) ushbu Kodeksning 54, 61, 63, 72, 79, 88, 90, 90-1, 91, 91-1, 91-2, 184-2, 184-3, 185, 185-1, 185-2, 185-3,186, 187, 188, 188-3, 189, 189-1, 191, 192, 194-1, 195-1, 198-moddalarida, 210-1-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan.