# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 292-modda. Transport vositasini boshqarishdan chetlatish, mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtkazish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/292 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Transport vositalarini boshqarayotgan mastlik holatida deb hisoblashga yetarli asoslar boʻlgan shaxs transport vositasini boshqarishdan chetlashtirilishi va mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak. Mazkur shaxsni tekshirishga yuborish va bu tekshiruvni oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)