MJK · 294-modda

294-modda. Maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari

Maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, oʻz iltimosini bayon etishga, ishni koʻrib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, oʻz ona tilida soʻzlashga va tarjimonning xizmatlaridan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida koʻrib chiqiladi. Mazkur shaxsga ishni koʻrib chiqish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlgan va undan ishni koʻrib chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan hollarda, shuningdek ushbu Kodeks 309-1-moddasining birinchi qismida va 309-2-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardagina ish uning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin.

Basharti sodir etgan huquqbuzarligi uchun ushbu Kodeksda maʼmuriy qamoqqa olish, ashyolarini musodara qilish yoki haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish choralarini qoʻllash nazarda tutilgan boʻlsa, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish vaqtida maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirok etishi shart. Mazkur shaxs bunday maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda ishtirok etishdan boʻyin tovlagan taqdirda, u jinoyat ishlari boʻyicha sudning ajrimiga binoan ichki ishlar organi tomonidan majburan olib kelinishi mumkin. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni yoki boshqa qimmatliklarni olib oʻtish bilan bogʻliq boʻlib, musodara qoʻllanilishi mumkin boʻlgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish alohida hollarda, agar maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlsa yoki uning turgan joyini aniqlash imkoni boʻlmasa, bunday shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.