# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 30-modda. Maʼmuriy jazo qoʻllanilishining umumiy qoidalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/30 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jazo ushbu Kodeks va boshqa normativ hujjatlarda belgilab qoʻyilgan doirada va tartibda qoʻllaniladi. Jazoni qoʻllanish chogʻida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)