# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 303-1-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallarini qaytarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/303-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy ish mazkur organga (mansabdor shaxsga) taalluqli boʻlmagan (sudloviga tegishli boʻlmagan) yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari ushbu Kodeksning 281 va 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda yuborilgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytariladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)