# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 303-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga tayyorlanish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/303 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs): 1) mazkur ishni koʻrib chiqish oʻzining vakolat doirasiga kirish kirmasligi; 2) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar toʻgʻri tuzilgan-tuzilmaganligi; 3) ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchi shaxslar uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan-qilinmaganligi; 4) zarur qoʻshimcha materiallar soʻrab olingan-olinmaganligi; 5) maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, qonuniy vakillar, advokat qilgan iltimoslar toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)