# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 307-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish vaqtida aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/307 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs): maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan-etilmaganligini, huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyni, mazkur shaxs uni sodir etishda aybdor-aybdor emasligini, uning maʼmuriy javobgarlikka tortilish-tortilmasligini, javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar bor-yoʻqligini, mulkiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligini, shuningdek ishni toʻgʻri hal etishda ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)