# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 310-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning turlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/310 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Organ (mansabdor shaxs) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida; 2) ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida. Ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda chiqariladi. Sud tomonidan ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ogohlantirish eʼlon qilinganda ham chiqariladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)