MJK · 312-modda

312-modda. Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorni korxona, muassasa, tashkilot va mansabdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish

Ushbu Kodeksning 61, 131, 140, 183, 187, 233, 237-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanish haqida chiqarilgan qarorni shu huquqbuzar ishlab yoki oʻqib turgan joydagi maʼmuriyat eʼtiboriga yetkazadi.

Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) qabul qilingan qaror toʻgʻrisida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan mansabdor shaxsning eʼtiboriga yetkazadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.