# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 313-6-modda. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/313-6 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning reabilitatsiya markaziga joylashtirilishini talab qiluvchi asoslar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga keltirilgan paytdan eʼtiboran 48 soat ichida uni reabilitatsiya markaziga oʻttiz sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga joylashtirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va uni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligini tasdiqlovchi materiallar muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs aniqlangan yerdagi yoki reabilitatsiya markazi joylashgan yerdagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi tomonidan beriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)