# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 314-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/314 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qaror ustidan oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ tomonidan shikoyat berilishi mumkin. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan jinoyat ishlari boʻyicha sudning qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida shikoyat berish ushbu Kodeksning XXIV-1 bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)