# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 316-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish muddati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/316 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shu qarorning nusxasi olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida shikoyat berilishi mumkin, bundan sud qarori mustasno. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan oʻtkazilib yuborilgan taqdirda, bu muddat shikoyatni koʻrib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qayta tiklanishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)