MJK · 318-modda

318-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ijrosini toʻxtatib turish

Belgilangan muddatda shikoyat berish maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini shikoyat koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib turadi, maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror va maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda undirib olinadigan jarima solish hollari bundan mustasnodir.

Prokurorning protest bildirishi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib turadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.