# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 324-11-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining nusxasini yuborish (topshirish) > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/324-11 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin uning koʻchirma nusxasi oʻziga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror chiqarilgan shaxsga, maʼmuriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan organga uch sutkagacha boʻlgan muddatda topshiriladi yoki yuboriladi, shuningdek jabrlanuvchiga oʻz soʻroviga binoan ushbu muddatda topshiriladi yoki yuboriladi. Sudning maʼmuriy qamoqqa olish yoki maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan qaror u qabul qilingan kuni qarorni ijro etuvchi organning, mansabdor shaxsning, shuningdek oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsning va jabrlanuvchining eʼtiboriga yetkaziladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)