# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 324-16-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/324-16 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Birinchi instansiya sudining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu shikoyat (protest) ishning barcha materiallari bilan birga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh sutka ichida kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)