# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 324-26-modda. Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladigan muddat > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/324-26 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shikoyat (protest) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda, taftish instansiyasi sudi shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra, agar uni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga haqli boʻlib, bu haqda ajrim chiqariladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)