MJK · 324-30-modda

324-30-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqmasdan qaytarish

Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) quyidagi hollarda koʻrib chiqilmasdan qaytariladi, agar:

1) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324-27-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;

2) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324-24 va 324-25-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan berilmagan boʻlsa;

3) shikoyat (protest) belgilangan muddat oʻtkazilib berilgan boʻlsa;

4) taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa;

5) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlmasa.

Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) bergan shaxs takroran umumiy asoslarda murojaat qilishga haqlidir.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.