# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 324-30-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqmasdan qaytarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/324-30 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) quyidagi hollarda koʻrib chiqilmasdan qaytariladi, agar: 1) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324-27-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa; 2) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324-24 va 324-25-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan berilmagan boʻlsa; 3) shikoyat (protest) belgilangan muddat oʻtkazilib berilgan boʻlsa; 4) taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa; 5) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlmasa. Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) bergan shaxs takroran umumiy asoslarda murojaat qilishga haqlidir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)