# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 324-41-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/324-41 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan, qonuniy kuchga kirgan qaror yangi ochilgan holatlar boʻyicha ushbu qarorni chiqargan jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan qayta koʻriladi. Yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining qaysi qarorlari bilan sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa, oʻsha qarorlarni qayta koʻrish sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi qaror qabul qilingan instansiyada amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)